“Paxtakor” futbolchisi mavsumni “Andijon”da o'tkazishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 309

Huquqiy jihatdan Toshkentning “Paxtakor” klubiga tegishli bo'lgan, o'tgan mavsumni “Qo'qon-1912” jamoasida o'tkazgan yarim himoyachi Jahongir Ahmadov yangi mavsumni “Andijon” jamoasida boshlashi mumkin.
Ayni paytda Jahongir Ahmadov yangi mavsumga tayyorgarlikni Aleksandr Xomyakov qo'l ostida o'tkazmoqda. Agar “Paxtakor” va “Andijon” jamoalari o'zaro kelishib qolsa, u holda Ahmadov “Andijon” jamoasiga a'zosiga aylanadi.
Qayd etish kerakki, Jahongir Ahmadov o'tgan mavsumning ikkinchi davrasida “Qo'qon-1912” jamoasi tarkibida 11 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol urishga muvaffaq bo'lgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
271