Rivaldo: «Mari «Arsenal» uchun juda mos futbolchi»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 425

Braziliya terma jamoasi sobiq yarim himoyachisi Rivaldo "Arsenal"da ijarada to'p surayotgan himoyachi Pablo Mari haqida fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Menimcha, Mari "Arsenal" uchun juda mos futbolchi, u Premer-ligaga moslasha oladi. Bu yaxshi o'yinchi. U "Man Siti"dan ijaraga ketganida Evropada o'zini ko'rsata olmadi. Ammo o'tgan mavsumda, "Flamengo" tarkibida ishonchli o'ynadi.
Bu sifatli, ko'p qirrali himoyachi. Kerak bo'lsa, standart vaziyatlarda ham xavfli, to'pni hujumchilarga etkazib bera oladi - men uning o'yinini tomosha qilishni yaxshi ko'raman.
Braziliyada u haqda hamma yaxshi fikrda, u "Arsenal"da yaxshi o'ynab keta oladi - dedi Rivaldo
Manba: sports.ruFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
309