A seriya. «Verona» hazillashmayapti: u «Yuventus»ni mag'lub etdi (videosharh)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 399

So'nggi 2 oyda Italiya chempionatida dadil qadam tashlayotgan jamoa paydo bo'ldi — bu «Verona». O'tgan turda "Milan" bilan durang o'ynagan veronaliklar, kecha oqshom «Yuventus»ni mag'lub etishdi.
Birinchi bo'limda hisob ochilmagan bo'lsa, ikkinchi taym o'rtalarida Krishtianu Ronaldu hisobni ochishga muvaffaq bo'ldi.
Uchrashuvning qolgan daqiqalarida dastlab Borini muvozanatni tiklagan bo'lsa, bahs tugashiga 4 daqiqa qolganida Patstsini turinliklar darvozasi tomon belgilangan penaltini aniq amalga oshirdi.
Shu tariqa, "Verona" turning sensatsion natijalaridan birini qayd etdi. E'tiborli tomoni, jamoa A seriya doirasidagi so'nggi 8ta o'yinda mag'lub bo'lmayapti. Veronaliklar 34 ochko bilan jadvalda 6-o'ringa ko'tarilib olishdi.
«Yuventus» esa 54 ochko bilan jadvalda 1-o'rinni egallab turibdi. Undan 3 ochko ortda borayot gan «Inter» bugun «Milan» bilan to'qnash keladi.
Italiya A seriyasi, 23-tur
Verona – Yuventus 2:1 (0:0, 2:1)
Gollar: 0:1 – 65 Ronaldu, 1:1 – 76 Borini, 2:1 – 86, penalti Patstsini.
Verona – Silvestri, Rraxmani, Gyunter, Kumbula, Faraoni, Velozu (Verre, 58), Amrabat, Lazovich (Dimarko, 79), Pessina, Borini, Dzakkani (Patstsini, 69).
Yuventus – Shchensni, Kuadrado, de Ligt, Bonuchchi, Aleks Sandro, Bentankur (De Shilo, 82), Pyanich, Rabo, Duglas Kosta (Remzi, 72), Iguain (Dibala, 59), Ronaldu.
Ogohlantirishlar: Aleks Sandro (20), Lazovich (39), Pessina (41), Dibala (75), Bonuchchi (85).

Bosh sahifaga
200