A seriya. «Atalanta» «Fiorentina» ustidan irodali g'alabaga erishdi (videosharh)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 327

Italiya chempionatining 23-turi doirasida «Fiorentina» o'z uyida «Atalanta»ni qabul qildi.
Bahsning 32-daqiqasida Federiko Keza mezbonlarni hisobda oldinga olib chiqdi. Ikkinchi bo'limda esa bergamoliklar g'alabani o'z tomonlariga og'dirishdi. Taym boshida Duvan Sapata hisobni tenglashtirgan bo'lsa, bahs tugashiga 18 daqiqa qolganida Ruslan Malinovskiy "Atalanta"ga g'alaba keltiruvchi gol muallifiga aylandi.
Shu g'alabadan keyin "Atalanta" o'z ochkolarini 42taga 4-o'ringa ko'tarilib oldi.
Italiya chempionati, 23-tur
Fiorentina – Atalanta 1:2 (1:0, 0:2)
Gollar: 1:0 – 32 Keza, 1:1 – 49 Sapata, 1:2 – 72 Malinovskiy.
Fiorentina – Drongovski, Lirola, Milenkovich, Petstselya, Dalbert, Kastrovilli, Pulgar (Sottil, 79), Keza, Benassi (Badel, 85), Igor Julio, Kutrone (Vlaxovich, 46).
Atalanta – Gollini, Kastan, Gimshiti, Palomino, Gosens, Gomes (Tamez, 90), Pashalich (Malinovskiy, 64), Ilichich, Froyler, Toloi, Sapata.
Ogohlantirishlar: Kastrovilli (16), Sapata (27), Gollini (33), Vlaxovich (59).

Bosh sahifaga
189