Davron Fayzievdan anons: Romeo va Juleta yashagan Verona shahri
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 987

Uilyam Shekspir o'zining shoh asaridagi voqealarni aynan shu shaharda tasvirlagan. Romeo va Juleta tragediyasi insonlar qalbidan shu qadar chuqur o'rin egallaganki, ushbu voqea real hayotda ro'y berganiga hamma ishonishni boshlagan.
Aslida Montekki va Kapuletti oilalari Veronada yashaganmi, dushman bo'lishganmi, yigit va qiz sevgi yo'lida qurbon bo'lishganmi yo'qmi, bu borada aniq dalil isbotlar yo'q. Biroq Verona shahri baribir turistlar tashrifi bo'yicha etakchilardan bo'lib qolmoqda. Shahar ma'muriyati ba'zi tarixiy maskanlarni «Romeo va Juleta»ga adaptatsiya qilgan. Ya'ni hozirda Veronada Juletaning hovlisi, balkoni va qabri, Romeo xonadoni va shunga o'xshash tarixiy feyk ob'ektlar bor. Natijada Verona shahri byudjeti turizmdan eng katta daromad ko'radi. Yo'q tarixdan daromad. Boridan qilolmaslik uyatda rostan ham. Mayli, bu boshqa mavzu.
Shekspir qalblarni larzaga solgan. Negaki har bir inson ongida mana shunday kichik tragik asar yashaydi, Shekspir esa uni eng ta'sirchan va go'zal shaklda izohlagan. Veronani ham bejiz tanlamagandir. Asar ustida 3 yil davomida ishlagan deyishadi. Demak, Shekspir shahar ko'rki, urf-odatlari, o'sha paytdagi ijtimoiy siyosiy muhiti uning tasavvuridagi eng romantik va eng qayg'uli hikoyaga mos bo'lgan.
Bugun Verona shahrida Italiya A seriyasi etakchisi "Yuventus" mehmon bo'ladi.
Ushbu uchrashuvni birgalikda tomosha qilamiz.
00:45. FUTBOL-TV. "Verona" - "Yuventus".
Davron Fayziev.

Bosh sahifaga
168