Frantsiya chempionatining eng ko'p maosh oladigan futbolchilari ma'lum bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 350

Frantsiyaning L’Equipe nashri Liga 1 musobaqasining eng ko'p maosh oladigan futbolchilari ro'yxatini tuzib chiqdi.
Mazkur ro'yxatning dastlabki 11 ta pog'onasidan "PSJ" futbolchilari o'rin oldi. Eng yuqori maosh parijliklar hujumchisi Neymarga tegishli bo'lib, braziliyalik futbolchi oyiga 3,06 million evro daromad oladi.
"PSJ"da to'p surmaydigan eng yuqori maoshli futbolchi esa «Monako» vakili Vissam ben Yedder (650 ming evro) bo'ldi.
Frantsiya chempionatining eng ko'p maosh oladigan 11 nafar futbolchisi bilan tanishing:
1. Neymar ("PSJ") — 3,06 oyiga million evro
2. Kilian Mbappe ("PSJ") — 1,91 mln
3. Tiyago Silva ("PSJ") — 1,5 mln
4. Edinson Kavani ("PSJ") — 1,345 mln
5. Markinos ("PSJ") — 1,2 mln
6. Marko Verratti ("PSJ") — 1,2 mln
7. Anxel di Mariya ("PSJ") — 1,1 mln
8. Keylor Navas ("PSJ") — 1 mln
9. Mauro Ikardi ("PSJ") — 800 ming
10. Leandro Paredes ("PSJ") — 750 ming
11. Presnel Kimpembe ("PSJ") — 670 ming

Bosh sahifaga
194