APLda yanvar oyining eng yaxshi futbolchisi va murabbiyi ma'lum bo'ldi (video)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 284

Angliya Premer Ligasi matbuot xizmati yanvar oyining eng yaxshilari nomini e'lon qildi.
Unga ko'ra, «Manchester Siti» hujumchisi Serxio Aguero oyning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Argentinalik futbolchi yanvar oyida Premer Ligada uchta o'yin o'tkazib, olti gol va bitta samarali uzatmaga muallif bo'ldi. Aguero faoliyati davomida ettinchi marta ushbu sovringa ega bo'ldi.
Mazkur nomga shuningdek, Alisson («Liverpul»), Abdulae Dukure («Uotford»), Jek Grilish («Aston Villa»), Jordan Henderson («Liverpul»), Ayose Peres («Lester») va Jek Stivens («Sauthempton») kabi futbolchilar da'vogarlik qilgandi.
Eng yaxshi murabbiy nomiga yana Yurgen Klopp loyiq ko'rildi. Germaniyalik mutaxassis joriy mavsum beshinchi marta ushbu sovringa ega chiqdi va 2017/18 yilgi mavsum davomida to'rt bor oyning eng yaxshisi deb topilgan «Manchester Siti» ustozi Xosep Gvardiolaning rekordini yangiladi.
Yanvar oyidagi to'rtta o'yinning barchasida g'alabaga erishgan Klopp ovoz berish jarayonida Xosep Gvardiola («Manchester Siti»), Ralf Hazenhyuttl («Sauthempton») va Nayjel Pirsondan («Uotford») ustun keldi.
Alirizo Jahonbaxsh esa yanvar oyining eng chiroyli goliga muallif bo'ldi. Eronlik futbolchining «Chelsi»ga qarshi o'yinda (1:1) akrobatik uslubda urgan goli qolgan nomzodlarni ortda qoldirgan.

Bosh sahifaga
161