"Barselona" Obameyangga davogarlik qilmaydi, e'tibor boshqa futbolchiga qaratilgan
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 354

The Daily Star nashrining tarqatgan ma'lumotiga qaraganda, Kataloniyaning "Barselona" klubi yangi hujumchi izlash ishlarini faollashtirmoqda.
“Ko'k-anorranglilar” Londonning "Arsenal" klubi hujumchisi Per-Emerik Obameyangning transferidan voz kechdi va bor e'tiborini “Inter” klubining 22 yoshli hujumchisi Lautaro Martinesga qaratdi.
Argentinalik futbolchining o'zi Kataloniyaga kelishiga qarshi emas, u hattoki “Barselona”ga o'tishni xohlab, "Manchester Yunayted" klubidan tushgan taklifni rad etdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
194