Bolov “Navbahor” bilan shartnoma imzoladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 401

Rossiyalik hujumchi Ruslan Bolov bugun Namanganning “Navbahor” jamoasi bilan shartnoma imzoladi.
Bolov 1994 yil, 7 mayda Rossiyaning Nalchik shahrida tug'ilgan. Ampluasi – hujumchi.
Futbolchilik faoliyati davomida Rossiyaning “Spartak - Nalchik” (Nalchik), “Krasnodar-2” (Krasnodar), “Volgar” (Astraxan), “Fakel” (Voronej), “Avangard - Kursk” (Kursk) va “Ximki” (Moskva viloyati) jamoalarida o'ynagan.
O'tgan mavsumni esa Belarusning “Gomel” (Gomel) klubida o'tkazgan.
Ruslan Bolov 5 fevral kuni poytaxtimiz Toshkentda tibbiy ko'rikdan o'tdi hamda shu kunlarda o'z o'quv-mashg'ulot yig'inini Turkiyada o'tkazayotgan jamoamiz ixtiyoriga etib boradi.
“Navbahor” PFK matbuot xizmati.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
158