Beyl yana «Real»ning o'yini tugashini kutib o'tirmadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 815

«Real» yarim himoyachisi Garet Beyl navbatdagi marta jamoasining o'yinini kutib o'tirmasdan, stadionni erta tark etdi.
"Qirollik klubi" Ispaniya kubogi chorak final bosqichi doirasida o'z uyida «Sosedad»ga imkoniyatni boy berdi (3:4). 30 yoshli Garet bahsning 82-daqiqadan o'yingohdan chiqib ketdi va bu paytda mezbonlar 2:4 hisobida ortda borishayotgan edi.
Uelslik futbolchi ushbu mavsum davomida avvalroq 3 marta — 31 oktyabr, 7 dekabr va 18 yanvar kunlari "Real"ning o'yini yakunlanishini kutmasdan stadionni tark etgan edi.
Klub ichki qoidasiga ko'ra, o'yinni tribunada kuzatgan futbolchi 80-daqiqadan oldin stadiondan chiqib ketishi mumkin emas.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
177