Bugun 4 nafar kurashchimiz JChda gilamga chiqadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 150

Xorvatiya poytaxtida sport kurashlari bo'yicha jahon chempionati davom etadi. Bugun erkin va ayollar kurashi bo'yicha bellashuvlar o'tkaziladi.
Aktenge Keunimjaeva hamda Ozoda Zaripboeva saralash bosqichida ishtirok etishadi. Kecha yarim finalgacha etib borgan Umidjon Jalolov bugun kechki dasturda bronza medali uchun gilamga chiqadi. Uning ushbu bosqichdagi raqibi kun davomida aniqlanadi. Laylo Sobirova esa uchinchi o'rin uchun o'tish bosqichida qatnashadi. Uning dastlabki raqibi neytral maqomdagi Anastasiya Sidelnikova bo'ladi.
Saralash:
-50 kg: Aktenge Keunimjaeva – Oksana Livach (Ukraina)
-76 kg: Ozoda Zaripboeva – Anastasiya Alpeeva (Ukraina).
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
269