Koronavirus ta'siri: Xitoylik hakamlar o'rniga OChL o'yiniga o'zbekistonlik hakamlar tayinlandi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 982

Koronavirusning Osiyo futboliga ta'siri davom etmoqda. Endi OFK Chempionlar ligasi guruh bosqichi o'yiniga xitoylik hakamlarni tayinlash haqidagi qarorini bekor qildi. Bu haqda Alisher Nikimbaev o'zining telegramdagi kanali orqali xabar tarqatdi.
Masalan, 18 fevral kuni bo'ladigan Qatarning "As-Sadd" va Eronning "Sepohon" klublari o'rtasidagi o'yinni endi xitoylik hakamlar emas, o'zbekistonlik hakamlar guruh boshqaradi. Aziz Asimov maydonda ishlasa, Ruslan Serazitdinov va Alisher Usmonov qanotlarda ishlashadi. Ahrol Risqullaev esa zaxira hakami vazifasini bajaradi.
Qiziqarli tomoni, Asimov, Serazetdinov va Usmonov uchligi yuqoridagi o'yindan 1 hafta oldin — 11 fevral kuni bo'ladigan Qatar va Eron klublari o'rtasidagi boshqa qarama-qarshilik — "Duhayl" - "Persepolis" o'yinini boshqarishadi.

Bosh sahifaga
159