Oliy Xokkey Ligasi vakillari «Paxtakor»ga tashrif buyurishdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 429

O'zbekistonda hozirgi kunda xokkey jadal rivojlanmoqda, va Oliy Xokkey Ligasida yurtimiz sharafini poytaxtning “Humo” jamoasi himoya qilmoqda.
“Humo” o'yinlarini vatandoshlarimiz, shou-bizness vakillari, sportchilar va “Paxtakor” FK futbolchilari maroq bilan kuzatishadi. O'tgan yil davomida futbolchilarimiz bir necha marotaba “Humo”dagi hamkasblarini qo'llab-quvvatlash uchun o'yinlarga borishgan, tantanali shayba tashlash marosimida esa “Paxtakor” bosh murabbiysi Shota Arveladze hamda futbolchilardan Marat Bikmaev, Dragan Cheran ishtirok etishgan.
Kecha Rossiya Xokkey Federatsiyasi tarkibidagi XTMD (Xokkeychilarni tayyorlash milliy dasturi) “Krasnaya mashina” rahbari Vladimir Shalaev xamda OXL (Oliy Xokkey Ligasi) boshqaruv direktori Kirill Pafifov, O'zbekiston Xokkey Federatsiyasi vitse-prezidenti Kirill Matveev va Federatsiya ijrochi direktori Elbek Mahmudov “Paxtakor” FK mehmonlari bo'lishdi.
Mehmonlar “Paxtakor” XK direktori Dmitriy Adisman va jamoa bosh murabbiysi Shota Arveladze bilan uchrashishdi.
Uchrashuv davomida mehmonlar stadiondagi “Paxtakor-79” yodgorligini ziyorat qilib, 1979 yil 11 avgust kuni aviahalokatda halok bo'lgan jamoa ruhini yod etishdi.
Eslatib o'tamiz, 10 fevral kuni “Paxtakor” Osiyo Chempionlar Ligasida yangi mavsumning ilk o'yinini o'tkazadi.
Vladimir Shalaev, Kirill Pafifov, Kirill Matveev va Elbek Mahmudov “Paxtakor”ni omadli kechgan 2019 yil mavsumi bilan tabrielab, Osiyo Chempionlar Ligasi, Superliga va O'zbeeiston va Liga Kubogida omad va yangi zafarlar tilashdi.

Bosh sahifaga
168