APLda yana bir rossiyalik futbolchi paydo bo'ladimi?
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 388

The Daily Star nashrining tarqatgan ma'lumotiga qaraganda, Angliyaning "Kristal Pelas" yozgi transfer mavsumda Moskvaning TsSKA klubi hujumchisi Fedor Chalovni sotib olish uchun yana bir bor harakat qilib ko'radi.
Shu yo'l orqali, "Kristal Pelas" klubi rahbariyati jamoa bosh murabbiyi Roy Xodjsonni ishda olib qolmoqchi.
Xodjsonga APLda qolish uchun kurash olib boradigan jamoada ishlash qiziq emas, shu bois, klub rahbariyati bosh murabbiyning talablarini qondirmoqchi.
Rahbariyat jamoa tarkibini kuchaytirish uchun qishki transfer bozorida "Vest Bromvich" himoyachisi Natan Fergyuson va "Vest Xem" klubi hujumchisi Djerrod Bouenni sotib olgandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
147