«Inter» «Atalanta» futbolchisini kuzatmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 335

Italiyaning «Atalanta» klubi yarim himoyachisi Robin Gosens jamoasini o'zgartirishi mumkin.
FCInterNews.it saytining tarqatgan ma'lumotiga qaraganda, Milanning «Inter» klubi bosh murabbiyi Antonio Konte Gosensni keyingi mavsumda jamoaga olib kelish uchun harakat qiladi. «Atalanta» o'z futbolchining transfer narxini 30 million evro atrofida baholamoqda.
25 yoshli futbolchi «Atalanta» safiga «Xerakles» klubidan 2017 yilning yozida kelib qo'shilgandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
155