Roys bir oyga safdan chiqdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 761

Dortmundning "Borussiya" klubi sardori Marko Roys Germaniya kubogi nimchorak final bosqichi doirasida bo'lib o'tgan "Verder"ga qarshi o'yinda jarohat olib, uzoq muddatga safdan chiqdi.
Shifokorlarning taxminiga ko'ra, mushagidan olingan jarohat Roysga Evropa chempionlar ligasi 1/8 final bosqichi doirasida "PSJ"ga qarshi 18 fevral kuni bo'ladigan birinchi o'yinda ishtirok etish imkonini bermaydi. 30 yoshli futbolchi taxminan 4 hafta maydonga tusha olmaydi. Marko 11 mart kuni bo'ladigan javob o'yinigacha tiklanishi kutilmoqda.
Marko Roys ushbu mavsumda Bundesliga doirasida 19ta o'yinda maydonga tushib, 11ta gol urdi va 5ta golga uzatma berdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
156