Ronaldu o'zini o'zi tabrikladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1037

"Yuventus" hujumchisi Krishtianu Ronaldu o'zini o'zi tug'ilgan kuni bilan tabrikladi. Bugun portugaliyalik futbolchi 35 yoshga to'ldi.
"O'zimni tug'ilgan kunim bilan tabriklayman", — deya yozdi futbolchi "Instagram"dagi sahifasi orqali. Ronaldu ushbu tabrik so'ziga bugungi mashg'ulotidan videolavhani ilova qildi.
Krishtianu ushbu mavsumda "Yuventus" safida barcha musobaqalar doirasida 27ta o'yinda maydonga tushib, 22ta gol urdi va 3ta golga uzatma berdi. Uning turinliklar bilan shartnomasi 2022 yilning yoziga qadar tuzilgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
156