«Nasaf» Turkiyaga etib bordi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 810

"Nasaf" bugun Turkiyaning Antaliya shahriga etib bordi va “Royal Holiday Lara” mehmonxonasiga joylashdi.
O'quv-yig'in mashg'ulotlari bugundan boshlanadi va murabbiylarimiz kuniga ikki mahaldan mashg'ulotlar olib borishadi.
Turkiyadagi o'quv-yig'in mashg'ulotlarida quyidagi futbolchilarimiz ishtirok etishadi: Mashhur Muxammadjonov, Abduvohid Ne'matov Azamat Soyibov, G'olib G'aybullaev, Bobir Abdixoliqov, Sharof Muhitdinov, Dilshod Saitov, Islom Kenjaboev, Sherzod Nasrullaev, Akmal Mozgovoy, Oybek Bozorov, Jo'rabek Mannonov, Husniddin Aliqulov, Shohmalik Komilov, Xusain Norchaev, Mo'minjon Meyliev, Murod Xo'jamberdiev.
Ilhom Alijonov hujjatlardagi muammo tufayli o'quv-mashg'ulot yig'iniga biroz kechroq qo'shiladi.
Manba: www.fcnasaf.uz
Bosh sahifaga
158