Fernandino: «Bir-birimizni qo'llab-quvvatlashimiz shart»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 355

Angliyaning «Manchester Siti» klubi futbolchisi Fernandino «Tottenxem» klubidan qabul qilib olingan mag'lubiyat haqida fikr bildirdi.
«Yaxshi o'yin bo'ldi. Bugun ham xuddi avvalgi mavsumdek o'ynadik. Yuzaga keltirgan ko'plab vaziyatlarimizdan foydalanib, g'alaba qozonishimiz shart edi.
Bir-birimizni qo'llab-quvvatlashimiz shart. Hozir OAV ushbu mag'lubiyat sababchisini topishga va obro'sizlantirishga harakat qiladi. Hech kim aybdor emas, futbolda bunday holatlar ro'y beradi.
Agar «Manchester Siti» yuzaga keltirgan vaziyatlardan unumli foydalanganida aniq g'alaba qozongan bo'lardi. O'shanda bizni hech kim tanqid qilmagan bo'lardi», — dedi Fernandino.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
183