«Real» Kilian Mbappe uchun qancha pul ajratishi ma'lum bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 603

«Real» klubi "PSJ" hujumchisi Kilian Mbappeni qo'lga kiritishga qat'iy ahd qildi. Bu haqda "Mundo Deportivo" nashri xabar tarqatdi.
Madridliklar 21 yoshli futbolchini yozgi transfer paytida sotib olmoqchi. Buning "Qirollik klubi" "Pari Sen-Jermen"ga 300 mln evro taklif qilmoqchi.
Eslatib o'tamiz, Frantsiya chempionatining so'nggi turida Mbappe va «PSJ» bosh murabbiyi Tomas Tuxel o'rtasida mojaro yuzaga keldi. Frantsiyalik futbolchi Liga 1'ning ushbu mavsumida 16ta o'yinda maydonga tushib, 14ta gol urgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
173