Immobile 61 yil avvalgi rekordni takrorladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 339

Italiya chempionatining 22-turi doirasida «Latsio» o'z maydonida «SPAL»ni qabul qilib, 5:1 hisobida g'alaba qozondi. Bu o'yinda rimliklar hujumchisi Chiro Immobile "dubl"ga erishdi.
«Latsio» ushbu mavsumda 21ta o'yin o'tkazib, 52ta gol urdi. Bu gollarning deyarli yarmi — 25tasi Chiro hisobiga yozilgan. Shu tariqa, 29 yoshli futbolchi 1959 yilda o'rnatilgan rekordni takrorladi. 61 yil avval «Inter» a'zosi Antonio Anjelillo 21ta turdan keyin 25ta gol urgan edi. O'shandan beri A seriyada hech bir futbolchi bunday natijani takrorlay olmayotgan edi.
Eslatib o'tamiz, Immobile 2016/17 yilgi mavsumdan beri Italiya chempionatida 125ta o'yinda maydonga tushib, o'z hisobiga 92ta gol yozgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
172