Kichik Maldini «Milan»dagi debyut uchrashuvini o'tkazdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 374

Italiyalik mashhur Maldinining o'g'li Daniel Maldini Italiya A Seriyasi doirasida «Verona» klubiga qarshi uchrashuvda maydonga tushib, asosiy tarkibdagi debyut uchrashuvini o'tkazdi.
«Bunchalik hayajonlanaman deb o'ylamagandim. Yoshlar tarkibida rasmiy uchrashuvlarda maydonga tushganman, asosiy tarkib bilan o'quv-yig'in mashg'ulotlarida ishtirok etganman, lekin bu mening A Seriyadagi birinchi o'yinim bo'ldi. Boshqa bunday asabiylashmaslikka harakat qilaman, chunki, asabiylashishim gol kiritishiga halaqit beradi», — dedi 18 yoshli hujumchi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
170