A seriya. Lukakuning dubli «Inter»ga g'alaba keltirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 377

Italiya chempionatining 22-turidan o'rin olgan «Udineze» va «Inter» jamoalari o'rtasidagi o'yin yakuniga etdi.
Birinchi bo'limda hisob ochilmadi. Ikkinchi taym o'rtalarida esa Lukaku raqib jarima maydoni ichida to'pni qabul qilib, himoyachining oyoqlari orasida to'pni o'tkazib zarba berdi va darvozani ishg'ol qildi.
Oradan ko'p o'tmasdan mezbonlar darvozasi tomon penalti belgiladi. 11 metrli jarima zarbasini Romelu berdi va hisobdagi farqni ikkitaga oshirdi.
Ushbu hisob o'yinda saqlanib qoldi. Shu tariqa, "neradzurri" ketma-ket 3ta durangdan so'ng g'alaba qozonishga muvaffaq bo'ldi.
Ushbu g'alabadan keyin "Inter" o'z ochkolarini 51taga etkazib, jadvalda yana 2-o'ringa qaytdi.
Italiya chempionati, 22-tur
Udineze – Inter 0:2 (0:0)
Gollar: 0:1 – 64 Lukaku, 0:2 – 71, penalti Lukaku.
Udineze – Musso, Nyuytink (Yayalo, 72), Rodrigo Bekao, De Mayo, Larsen, de Paul, Sema (Zegelar, 72), Mandragora, Fofana (Teodorchik, 83), Lazanya, Okaka Chuka.
Inter – Padelli, Shkrinyar, de Vrey, Bastoni, Yang, Barella, Mozes (D`Ambrozio, 83), Vesino, Eriksen (Brozovich, 58), Espozito (Sanches, 59), Lukaku.
Ogohlantirishlar: Barella (11), Larsen (17), Bastoni (49), Lazanya (87).

Bosh sahifaga
172