Jiru «Inter»ning “qilig'idan” xafa bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 556

Angliya OAVsi yozishicha, Londonning “Chelsi” klubi hujumchisi Olive Jiru qishki transfer bozorida «Inter» safiga o'tishiga ishongan edi, shu bois, italiyaliklar bu taklifni rad etganligi uchun qattiq xafa bo'ldi.
Avvalroq, «Inter» «Chelsi» Olive Jiruni sotmaslikka qaror qilganligi sababli, ushbu transfer amalga oshmagani haqida xabarlar tarqalgandi. Biroq, OAVning yozishicha, vaziyat umuman boshqacha bo'lgan.
«Inter» haqiqatdan ham Olive Jiru bilan shartnoma imzolash uchun tayyor bo'lgandi, barcha hujjatlarni tayyorlab qo'ygandi. Biroq, so'nggi pallada «Inter» Yang, Mozes va Eriksenlarni sotib olganligi sababli, italiyalik Jiruni o'yindan chiqarib qo'ygan.
Shu sababli, Jiru “Inter” rahbariyatidan qattiq xafa bo'lganini, agar yozgi transfer bozorida yana qiziqishadigan bo'lsa, u holda ular bilan muzokara olib bormasligini bildirgan.

Bosh sahifaga
189