Gvardiola: «Agar EChLni yutmasak, mening ishim muvaffaqiyatsiz deb baholanadi»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 520

Angliyaning «Manchester Siti» klubi bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Evropa Chempionlari Ligasida g'olib chiqish muhim ekanligini aytib o'tdi.
«Albatta, bizni nafaqat o'yin uchun, balki, yutgan sovrinlarimiz uchun ham baholashadi – bu oddiy haqiqat. Biz o'tgan mavsumni ajoyib tarzda o'tkazdik, ammo odamlar biz EChLda g'olib bo'lmaganimizni ta'kidlashdi. Shuning uchun, biz EChLda g'olib chiqmasak, mening ishim muvaffaqiyatsiz deb baholanadi.
Ammo men o'z futbolchilarim bilan ishlashni yoqtiraman. Ular g'alaba qozonishda davom etishmoqda va bu sovrinni qo'lga kiritishning yagona yo'li. Biz shu ruhda ishlashda davom etishimizga ishonaman», —Gvardiolaning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Goal.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
181