Jeko «Roma» klubidagi yubiley golini kiritdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 469

Italiya A Seriyasining 22-turida Rimning “Roma” klubi «Sassuolo» (2:4) klubiga imkoniyatni boy berdi.
Ushbu uchrashuvda “Roma” klubi hujumchisi Edin Jeko bitta gol kiritdi. Bosniyalik futbolchining bu goli “Roma” tarkibidagi barcha turnirlarda kiritgan 100-goli bo'ldi.
Avvalroq “Roma” tarkibida Vinchentse Montelle (102 gol), Pedro Manfredini (104), Rodolfo Volku (106), Amadeo Amadei (111), Roberto Prutstso (138) va Franchesko Totti (307)lar yuzlik dovondan o'tishgan edi.
33 yoshli Jeko «Roma» tarkibiga 2015 yilning avgust oyida Angliyaning «Manchester Siti» klubidan o'tgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
184