Lempard: «Lester» ikkinchi bo'limda bizdan ustun keldi»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 520

Londonning “Chelsi” klubi bosh murabbiyi Frank Lempard APLning 25-tur doirasida “Lester” klubiga qarshi bo'lib o'tgan uchrashuv haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
«Uchrashuvning dastlabki bo'limida “Chelsi” klubi yaxshi o'yin namoyish qildi, to'pni ko'proq nazorat qildik. Gol urganimizdan keyin bu ustunlikdan foydalana olmaganimiz achinarli.
Tanaffusdan keyin biz ancha zaiflashdik. «Lester» juda ko'p golli vaziyatlarni sodir etdi va ular uchrashuvda g'alaba qozonishlari mumkin edi. Uchrashuvdan oldin raqib bizga etarlicha muammo tug'dirishi aniq edi. O'z oldimizga qo'yilgan vazifa sari qadam tashlashimizga bugungi bir ochko ham yordam beradi deb umid qilaman», — dedi Frank Lempard.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
201