"Vulverxempton" murabbiyi: "Manchester Yunayted" – yaxshi jamoa"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 452

Angliyaning "Vulverxempton" klubi bosh murabbiyi Nunu Eshpiritu Santu "Manchester Yunayted" (0:0) klubiga qarshi bo'lib o'tgan uchrashuv haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Bu "Old Trafford"dagi yaxshi o'yin bo'ldi. "Manchester Yunayted" – yaxshi jamoa. Uchrashuv muvozanatli bo'ldi, ikki jamoa ham imkoniyatlarga ega bo'ldi va g'alaba uchun maydonga tushgani ko'rinib turdi. Jamoamning ko'rsatgan o'yinidan mamnunman.
O'yin doimiy ravishda o'zgarib turadi, biz yangi echimlarni topishga harakat qilishimiz kerak. Biz raqibga etarlicha muammo tug'dira oldik, yuzaga kelgan imkoniyatlardan foydalanashimiz kerak edi", - Santuning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda VVS.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
248