«Milan» - «Verona». Ibrahimovich uchrashuvni o'tkazib yuboradi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 302

Italiya chempionatining 22-turi doirasida «Milan» o'z uyida «Verona»ni qabul qiladi.
Hujumchi Zlatan Ibrahimovich va himoyachi Simon Ker shamollab qolgani uchun, yarim himoyachi Rade Krunich esa mushagidan olgan jarohat tufayli bugungi o'yinda ishtirok eta olmaydi.
Bundan tashqari, Ismael Bennaser diskvalifikatsiya tufayli uchrashuvni o'tkazib yuborsa, Lukas Bigliya va Leo Duarte jarohatlanganlar safida qolishmoqda.
«Milan»ning «Verona»ga qarshi kengaytirilgan tarkibi:
Darvozabonlar: Begovich, A. Donnarumma, D. Donnarumma.
Himoyachilar: Kalabriya, Konti, Gabbya, Ernandes, Laksalt, Musakkio, Romanoli.
Yarim himoyachilar: Bonaventura, Breshianini, Chalxanoglu, Kesse, Paketa, Salemakers.
Hujumchilar: Kastilexo, Leau, Maldini, Rebich.

Bosh sahifaga
243