Fred — «Manchester Yunayted»ning yanvar oyidagi eng yaxshi futbolchisi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 553

Braziliyalik yarim himoyachi Fred "Manchester Yunayted"ning yanvar oyidagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatdi.
Klub veb-sayti tomonidan o'tkazilgan so'rovnomada 110 ming muxlis ishtirok etdi. Ularning 51 foizi Fredga ovoz berishdi.
Ularning 23 foizi Brendon Uilyamsni eng yaxshi deb hisoblashgan bo'lsa, 14 foizi Garri Maguayrga, 11 foizi esa Nemanya Matichga ovoz berishdi.
Fred "Yunayted"ning yanvar oyidagi barcha 9ta o'yinda ishtirok etgan bo'lsa, ularning 7tasini u asosiy tarkibda boshladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
273