«Manchester Yunayted» so'nggi pallada hujumchi bilan shartnoma imzoladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 577

«Manchester Yunayted» klubi «Shanxay Shenxua» hujumchisi Odion Igalo bilan shartnoma imzoladi.
«MYu» 30 yoshli futbolchini mavsum oxirigacha ijaraga oldi. Mankunianliklar nigeriyalik futbolchining ijarasi uchun 4 mln funt sterling to'lashadi, ammo ularda keyinchalik futbolchining transferini sotib olish majburiyati bo'lmaydi.
"Yunayted" forvardi Markus Reshford jarohat olib, uzoq vaqtga safdan chiqqani bois klub hujum chizig'ini shu tariqa kuchaytirishga harakat qildi.
Igalo Xitoy chempionatining o'tgan mavsumida 17ta o'yinda maydonga tushib, 10ta gol urdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
239