Murodjon Ahmadaliev 2ta yo'nalishda jahon chempionligini qo'lga kiritdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 337

O'zbekistonlik bokschi Murodjon Ahmadaliev o'zining professional ringdagi sakkizinchi jangini o'tkazdi.
Vatadoshimiz bugun IBF va WBA Super versiyalari bo'yicha jahon chempioni — AQShlik Deniel Romanga qarshi ringga ko'tarildi. Hozirgina yakuniga etgan 12 raundlik jangda Ahmadaliev g'alaba qozondi. Hakamlar bir ovozdan o'zbekistonlik bokschining g'alabasini e'tirof etishdi — 115:113, 115:113, 115:113.
Shu tariqa, Ahmadaliev professional boksning ikkita yo'nalishida jahon chempionligini qo'lga kiritgan ilk o'zbekistonlik sportchiga aylandi. U bu unvonga bor-yo'g'i 8ta jang orqali erishdi. Murodjon 8ta jangning barchasi g'alaba qozongan bo'lsa, ularning oltitasida raqibini nokautga uchratdi.
Deniel Roman esa faoliyatida uchinchi marta mag'lub bo'ldi. Shuningdek, uning hisobida 27ta g'alaba (10ta nokaut) va bitta durang ham mavjud.

Bosh sahifaga
225