Ispaniya kubogi. «Sevilya» quyi divizion vakiliga yutqazdi (videosharh)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 413

Ispaniya kubogining nimchorak final bosqichidan o'rin olgan o'yinlarning so'ngisida kutilmagan natija qayd etildi.
La ligada 3-pog'onada borayotgan «Sevilya» Segunda vakili «Mirandes» uyiga safar uyushtirib, imkoniyatni boy berib qo'ydi.
Mezbonlar raqib darvozasiga 3 marta yo'l topishdi. Faqatgina ikkinchi bo'limga qo'shib berilgan daqiqalarda Nolito "Sevilya"ning yagona javob to'piga mualliflik qildi.
Shu tariqa, "Sevilya" Ispaniya kubogini tark etgan bo'lsa, "Mirandes" chorak finalga chiqqan quyi liganing yagona vakili bo'ldi.
Ispaniya kubogi, nimchorak final
Mirandes – Sevilya 3:1 (2:0, 1:1)
Gollar: 1:0 – 7 Mateus Ayyas, 2:0 – 30 Mateus Ayyas, 3:0 – 85 Rey, 3:1 – 90 Nolito.
Mirandes – Limones, Onayndia, Gonsales, Serxio Gonsales, Penya (Guridi, 64), Rey (Kixera, 88), Malsa, Sanches, Merkelans, Mateus Ayyas (Markos de Souza, 74), Enrik Frankesa.
Sevilya – Vatslik, Diego Karlos, Eskudero, Navas, Kunde (Jordan, 46), Banega (Okampos, 46), Gudel, Oliver Torres, Nolito, de Yong, Munir (En-Nesiri, 46).
Ogohlantirishlar: Gonsales (33), Munir (37), Diego Karlos (53), Mateus Ayyas (55), Eskudero (76), Sanches (78), Serxio Gonsales (80), Nolito (90).

Bosh sahifaga
231