«Andijon» Abror Xusinov bilan kelishuvga erishdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 7446
Ayni damda Toshkentda o'quv-yig'inni davom ettirayotgan «Andijon» o'z tarkibini kuchaytirish maqsadida selektsiya ishlariga jiddiy e'tibor qaratmoqda.
O'tgan mavsum «Metallurg» sharafini himoya qilgan Abror Xusinov joriy yilni «Andijon»da o'tkazadigan bo'ldi.
Chap qanot va markaziy himoyada birdek xarakat qila oladigan, 30 yoshli futbolchi «burgutlar» a'zosi bo'lganidan keyin shunday dedi: - «Andijon» jamoasidan taklif bo'lgach, yaxshilab o'ylab ko'rib, rozilik berdim. Klub vitse-prezidenti Ma'rufjon Abdisalomov bilan suhbatlashganimda, jamoaning maqsad va vazifalari haqida batafsil tushuntirdi va menga yuksak ishonch bildirayotganini aytib o'tdi. O'z navbatida men ham «Andijon» jamoasining muvaffaqiyatlariga o'z hissamni qo'shib, klub rivoji yo'lida bor kuchimni ishga solishga tayyorman. Umid qilamanki, yangi jamoam safida mahalliy muxlislarning ishonchini oqlab, ularni xursand eta olamiz.
«Andijon» matbuot xizmati.