«Vest Xem» A Seriyadan 43 millionga futbolchi sotib olishga tayyor
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 464

Italiyaning «Kalyari» klubi yarim himoyachisi Naitan Nandes faoliyatini APLda davom ettirishi mumkin.
SportItalia portalining xabariga ko'ra, Londonning «Vest Xem» klubi 24 yoshli urugvalyik yarim himoyachini o'z safiga qo'shib olish niyatida.
Angliyaliklar «Kalyari» klubiga Nandes borasida ajoyib taklif yubordi. «Vest Xem» futbolchini 8 million evroga mavsum oxirigacha ijaraga olmoqchi va yozda 35 million evroga sotib olmoqchi.
Nandes A Seriyada «Kalyari» tarkibida 20 ta uchrashuv o'tkazib, 1 ta gol kiritdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
216