«Barselona» zudlik bilan Villianni sotib olmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 286

Qishki transfer oynasi yopilishiga 2 kun vaqt qoldi. "Barselona" esa hujumchi qidirishda davom etmoqda.
"Sky Sports" tarqatgan xabarga ko'ra, kataloniyaliklar "Chelsi" yarim himoyachisi Villianni qo'lga kiritish uchun taklif tayyorlamoqda. Manbaga ko'ra, "ko'k-anorranglilar" 31 yoshli braziliyalik futbolchi uchun 23,5 million evro bermoqchi.
Villianning o'z jamoasi bilan shartnomasi ushbu mavsum oxirigacha tuzilgan. Futbolchi ushbu mavsumda 30ta o'yinda maydonga tushib, 5ta gol urdi va 6ta golga uzatma berdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
212