Simeone "Atletiko"ga yangi yarim himoyachi tanladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 31

"Real Sosedad"ning yaponiyalik yarim himoyachisi Takefusa Kubo Ispaniya chempionatining nufuzliroq klubida o'ynash imkoniyatiga ega. Marca nashri xabariga ko'ra, 24 yoshli osiyolik futbolchining xizmatlariga Madridning "Atletiko" klubi qiziqish bildirmoqda.
"Matraschilar" ustozi Diego Simeonening shaxsan o'zi Takefusaning Madrid top-klubi safiga taklif etilishini talab qilmoqda. Hozircha "Real Sosedad" ofisiga "Atletiko"dan aniq taklif bo'lgani yo'q.
2024/2025 yilgi mavsumda yarim himoyachi 52 ta uchrashuv o'tkazdi. Takefusa ettita gol urdi va to'rtta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning shartnomasi 2029 yilning yarmigacha mo'ljallangan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
258