Ronaldu 200 millionlik marrani zabt etdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 409

"Yuventus" hujumchisi Krishtianu Ronaldu "Instagram"dagi obunachilari soni bo'yicha etakchilik qilishda davom etmoqda.
Portugaliyalik futbolchi 200 millionta obunachiga ega bo'lgan birinchi insonga aylandi. Ushbu ko'rsatkich bo'yicha u qo'shiqchi Ariana Grande (173 mln) va aktyor Dueyn "Skala" Jonson (170 mln)ni ancha ortda qoldirmoqda.
Ronaldu ushbu mavsumda "Yuventus" safida barcha musobaqalar doirasida 26ta o'yinda maydonga tushib, ularda 20ta gol urdi va 3ta golga assistentlik qildi. Uning turinliklar bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilning yoziga qadar tuzilgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
199