«Atletiko» etakchisi Madrid derbisini o'tkazib yuborishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 371

«Atletiko» yarim himoyachisi Joau Felish jarohat oldi. Bu haqda "matraschilar" rasmiy sayti xabar tarqatdi.
Hozircha portugaliyalik futbolchining jarohati qanchalik jiddiy ekani ma'lum emas. Ammo uning "Real"ga qarshi kechadigan o'yinda maydonga tushishi so'roq ostida turibdi.
Felish ushbu mavsumda 21ta o'yinda maydonga tushib, 4ta gol urdi va bitta golga uzatma berdi. U o'tgan yilning yozida 125 million evro evaziga "Benfika"dan "Atletiko"ga o'tgan edi.
Eslatib o'tamiz, "Real" - "Atletiko" o'yini 1 fevral kuni Toshkent vaqti bilan 20:00da boshlanadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
218