Australian open. Nadal musobaqani tark etdi, yarim finalchilar aniq bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 537

Tennis bo'yicha yilning ilk "katta dubulg'a" musobaqasi — "Australian open"da erkaklar turnirining yarim finalchilari aniq bo'ldi.
Jahonning birinchi raketkasi — Rafael Nadal chorak finalda avstriyalik Dominik Timga qarshi kortga chiqib imkoniyatni boy berdi. Birinchi va ikkinchi setlar bir xil stsenariy ostida kechdi. Ispaniyalik tennischi har ikkala bo'limda raqibining to'p oshirishida geymni qo'lga kiritdi. Ammo Dominik har ikkala setda nafaqat hisobni tenglashtirdi, balki tay-brekda g'alaba qozondi — 7-3, 7-4.
Uchinchi setda esa Nadalni "breyk"ga erishdi va ustunlikni qo'ldan chiqarmadi — 4:6.
To'rtinchi setda esa Tim tashabbusni qo'lga olib, hisobda oldinga chiqib oldi. U to'pni match uchun o'yinga kiritdi, ammo Nadal iroda namoyish qilib, hisobni tenglashtirdi. Bu bo'lim ham tay-brekkacha etib bordi va unda yana Dominik Tim ustun keldi — 8-6.
Shu tariqa, musobaqada 5-raqam ostida saralangan avstriyalik tennischi birinchi raketkani "Australian opendan chiqarib yubordi.
Yarim finalda quyidagi juftliklar hosil bo'ldi:
Dominik Tim (Avstriya) — Aleksandr Zverev (Germaniya)
Rodjer Federer (Shveytsariya) — Novak Jokovich (Serbiya)
Eslatib o'tamiz, "Australian open"ning amaldagi g'olibi Jokovich hisoblanadi.

Bosh sahifaga
216