«Milan» futbolchisi «Napoli»ga yo'l olishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 297

Calciomercato portalining xabariga ko'ra, Italiyaning «Milan» klubi himoyachisi Rikardo Rodriges yaqin vaqtlar ichida jamoani tark etadi.
27 yoshli shveytsariyalik futbolchining xizmatiga «Napoli» klubi bosh murabbiyi Djennaro Gattuzoning shaxsan o'zi qiziqish bildirmoqda.
Rodrigesning o'zi “Napoli” klubiga ko'chib o'tishga rozi ekanligini bildirdi. Neapoliklar Rodresning transferi uchun 15 million evrodan voz kechishga tayyor.
Avvalroq, unga «Everton», «Fenerbaxche», «Shalke» va «PSV» klublari ham qiziqish bildirayotgandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
377