Zidan: «Azar hali tayyor emas»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 342

Madridning «Real» klubi bosh murabbiyi Zinedin Zidan jamoa futbolchilari Eden Azar va Garet Beyllarning hozirgi holati bo'yicha ma'lumoti berdi.
«Azar haligacha tayyor emas. U maydonda mashg'ulot olib borishni boshladi, lekin umumiy guruh bilan mashg'ulot o'tkazgani tayyor emas. Albatta, biz uning holatini joriy haftada yana baholaymiz. Hozircha «Real» o'z maqsadlariga erishmoqda, shu sababli, Azarni tezroq maydonga qaytarishga majburlashimiz shartmas.
Beylga keladigan bo'lsak, keyingi o'yinga kengaytirilgan tarkib e'lon qilinganidan oydinlik kiritadi. Men bu erga futbolchilar haqida paydo bo'layotgan mish-mishlarni muhokama qilgani kelganim yo'q. Beyl deyarli mukammal holatda», — dedi Zinedin Zidan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
228