Gvardiola nega Vitor Reys "Jirona"ga ijaraga berilganini tushuntirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 26

"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola himoyachi Vitor Reysning ijaraga ketishi haqida fikr bildirdi.
8 avgust kuni 19 yoshli braziliyalik futbolchi yangi mavsumni Ispaniyaning "Jirona" klubida o'tkazishi ma'lum bo'ldi.
«Siz mening fikrimni bilasiz. Jamoada o'yinchilar ko'p bo'lishini yoqtirmayman. Bu - Vitor Reysning "Jirona"ga ketishining sabablaridan biri. Men Vitorni juda yaxshi ko'raman, uning kelajagi ajoyib, ammo uning har dam olish kunini uyda o'tkazishini istamayman», - deya Gvardiolaning so'zlarini keltiradi City Xtra.
"Manchester Siti" Reysni yanvar oyida 37 million evroga sotib olgandi. O'shandan beri braziliyalik futbolchi atigi to'rtta uchrashuvda maydonga tushdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
292