Ten Xag: "Ronaldu bilan menda hech qanday muammo bo'lmagan"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 28

Erik ten Xag Krishtianu Ronaldu unga muammo bo'lmaganini aytdi.
Murabbiy "MYu"da Ronaldu bilan ziddiyatga borgani haqida xabar berilgandi. Krishtianu 2022 yilning noyabrida bergan intervyusida ten Xagni omma oldida tanqid qilgan va shundan so'ng klubni tark etgandi.
"Ronaldu men uchun hech qachon muammo bo'lmagan. Menimcha, bularning hammasi o'tmish. Bu shunday bo'ldi va shundan so'ng biz "Manchester Yunayted"da ikkita sovrinni qo'lga kiritdik.
Unga kelajakda eng yaxshi tilaklarni tilayman," - dedi "Bayer" ustozi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
221