Futzal. O'zbekiston superkubogi ilk marta «Humo arena»da o'tkaziladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 13

2025/2026 yilgi futzal mavsumini O'zbekiston Superkubogi uchrashuvi ochib beradi. Birinchi marta Superkubok bahsi mamlakatimizning eng muhtasham sport majmuasi, futzal bo'yicha jahon chempionati o'yinlarini qabul qilgan "Humo Arena"da bo'lib o'tadi.
O'zbekiston Superkubogi uchun Jizzaxning BMB hamda Buxoroning "Oil Star" jamoalari maydonga chiqishadi! Uchrashuv 26 avgust kuni bo'lib o'tadi.
O'zbekiston futzal federatsiyasi mazkur tadbirni fidoyi muxlislarimiz uchun esda qolarlik darajada, yuksak saviyada o'tkazish harakatini ko'rayapti. Juda ko'plab «syurpriz»lar tayyorlanmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
277