"Lion" Slovakiya terma jamoasi darvozaboni bilan shartnoma imzolaydi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 13

"Lion" tez orada "Malorka" darvozaboni Dominik Greyf bilan shartnoma imzolaydi. Bu haqda L'Equipe nashri xabariga berdi.
Manbaga ko'ra, klublar transferning so'nggi tafsilotlarini muhokama qilmoqda. Bitim tez orada yopilishi kerak. "Lion" Slovakiya terma jamoasi darvozaboni uchun 4 mln evro to'laydi. Shuningdek, shartnomada 1,25 mln evro miqdorida bonus to'lovlari ko'rsatilgan.
Greyf kelasi haftadayoq "Lion" bilan 2030 yilgacha mo'ljallangan shartnoma tuzish uchun Frantsiyaga yo'l olishi kerak.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
260