Isak "Nyukasl" qaroridan g'azablandi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 30

"Nyukasl" hujumchisi Aleksandr Isakning jahli chiqdi. The Telegraph nashriga ma'lum bo'lishicha, klub 25 yoshli shvetsiyalik futbolchiga yozda boshqa jamoaga ketishiga ruxsat berilmasligini ma'lum qilgan.
Xabaringiz bor, Isak "Liverpul"ga o'tishni maqsad qilgan. Yaqinda mersisaydliklar shvetsiyalik forvard uchun 110 million funt taklif qilgani, ammo rad javobini olgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Avvalroq, Aleksandr Isak jamoasini o'zgartirish istagi va yaqinda klub qarorgohini ruxsatsiz tark etgani fonida "Nyukasl" mashg'ulotlaridan chetlatilgan edi.
Isakning "Nyukasl" bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning yarmigacha mo'ljallangan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
271