Pedri Dembelega baho berdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 21

"Barselona" yarim himoyachisi Pedri sobiq jamoadoshi - Usmon Dembele haqida gapirdi.
"Dembele - ulkan salohiyatga ega futbolchi. U ikkala oyog'ida ham ajoyib tarzda harakat qiladi. Men haligacha uning chapaqay yoki o'naqay ekanligini bilmayman," - deya Pedrining so'zlarini keltiradi L'Equipe.
Usmon Dembele 2023 yilning yozida "Barselona"ni tark etgandi. O'shandan beri hujumchi "PSJ" safida 95 ta o'yinda maydonga tushib, o'z hisobiga 41 ta gol va sheriklariga 30 ta golli uzatma yozdirib qo'ygan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
292