"Barselona" Levandovskini qancha vaqtga yo'qotgani ma'lum bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 33

"Barselona" forvardi Robert Levandovskining tiklanish muddati haqida yangi ma'lumotlar paydo bo'ldi.
Avvalroq, Kataloniya klubi polyakning tizza osti payidan jarohat olganini ma'lum qilgandi. Jarohat tufayli hujumchi joriy oyning oxirigacha jamoaga yordam bera olmasligi haqida mish-mishlar tarqalgan edi.
Ammo jurnalist Tomash Vlodarchikning ta'kidlashicha, 36 yoshli Levandovski Ispaniya chempionatining 2-turidan o'rin olgan "Levante"ga qarshi 23 avgust kungi o'yinga qadar maydonga qaytishni rejalashtirmoqda.
Eslatib o'tamiz, "Barselona" 1-turda "Malorka" mehmoni bo'ladi (16 avgust). Start hushtagi Toshkent vaqti bilan 22:30 da yangrashi kerak.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
225