Gyundogan: «Kantega qarshi o'ynash qiyin»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 349

Angliyaning «Manchester Siti» klubi yarim himoyachisi Ilkay Gyundogan Londonning “Chelsi” klubi yarim himoyachisi Ngolo Kante haqida iliq fikrlar bildirdi.
«To'pni nazorat qiladigan yarim himoyachilar Kantedek futbolchilarga qarshi o'ynashda qiyinchilikka duch keladi. Qaysidir vaziyatda raqib ortingizda qolgandek tuyulishi mumkin, lekin qaerdandir paydo bo'lib to'pni olib qo'yadi.
Angliya Premer-ligasidashu jihatdan o'ynash juda qiyin, chunki, bu erda dunyoning eng yaxshi futbolchilari jamlanishgan. Meni Angliya chempionatiga jalb qiladigan narsa shu. Men kuchli futbolchilar bilan raqobat qilishni yaxshi ko'raman. Kante tayanch yarim himoyada dunyoning eng yaxshi futbolchisi sanaladi», — dedi Ilkay Gyundogan.

Bosh sahifaga
179